Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior anchadan buyon Saudiya Arabistoni chempionati vakillarining transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Braziliyalikning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2027 yilda tugaydi, shuning uchun klub uni kelasi yozda sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi.
"Ha, men Vinisiusning Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishini to‘liq tasavvur qilaman, - deydi "Al-Ittihod" sport direktori Ramon Planes. - Yaqin kelajakda bu yerda eng yuqori cho‘qqida bo‘lgan top-darajadagi futbolchilar o‘ynashi ehtimoli katta," - deya "Barselona"da ishlagan ispaniyalik funksionerning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.
Vinisius Juniorning nufuzli Transfermarkt portalidagi transfer narxi - 150 mln yevro.