Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Saudiya klubi 120 million yevroga yulduz futbolchi sotib oladi

A A A
Saudiya klubi 120 million yevroga yulduz futbolchi sotib oladi

«Napoli» hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini Yevropaning top klublarida emas, balki Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Nigeriyalik hujumchiga Saudiyaning «Al Ahli» jamoasidan jiddiy taklif bor. Ular 25 yoshli hujumchi uchun kurashda ustunlik qilishmoqda va «Napoli» so‘rayotgan 120 million yevroni berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Avvalroq, Osimxen «Chelsi» va «Arsenal»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Biroq hech bir London klubi «Napoli»ga 120 million yevro berish niyatida emasligini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 09:26 14.06.2024. O'qildi: 889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!