"Al-Hilol" kuni kecha bosh murabbiysiz qoldi - klubni Jorje Jezush tark etdi. Saudiya klubi iyun oyi o‘rtalarida boshlanadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan yangi bosh murabbiy topishi muhim.
Transfer News Live nashrining jurnalist Ben Jeykobsga tayanib xabar berishicha, "Al-Hilol" Marku Silva ("Fulxem"), Nunu Eshpiritu Santu ("Nottingem Forest") va Joze Mourinyo ("Fenerbaxche") kabi mutaxassislar variantlarini o‘rganmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Hilol" Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.