Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Saudiya Arabistonidagi aviabazaga hujum: Italiya qiruvchisi zarar ko‘rdi

Saudiya Arabistonidagi aviabazaga hujum: Italiya qiruvchisi zarar ko‘rdi

Saudiya Arabistonidagi Toif aviabazasiga qilingan hujum oqibatida Italiyaga tegishli Eurofighter F-2000 qiruvchi samolyoti zararlandi.

Bu haqda Italiya mudofaa vaziri Guido Krozetto ma’lum qildi.

«Hujum vaqtida bazaning chekka qismida turgan Italiyaning F-2000 samolyotiga shikast yetdi. Harbiylarimiz foydalanayotgan boshqa texnika yoki infratuzilma ob’ektlariga zarar yetmagan», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Krozettoning ta’kidlashicha, Toif aviabazasida Italiya harbiy xizmatchilari ham bor. Hujum oqibatida ulardan hech biri jabrlanmagan.

Vazir, shuningdek, harbiy personalni himoya qilish maqsadida xavfsizlik choralari oldindan kuchaytirilganini bildirdi.

Kiritildi: 19:34 18.09.2026. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!