Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti namozi masjidlarda o‘qilishiga ruxsat beriladi

A A A
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti namozi masjidlarda o‘qilishiga ruxsat beriladi

Saudiya Arabistoni hukumatining 13 iyul kuni ma’lum qilishicha, Qirollikdagi musulmonlar bu yilgi Iyd Al-Adha (Qurbon hayiti) namozini masjidlarda ado etishlari mumkin bo‘ladi.

Islom ishlari vaziri Shayx Abdullatif Al-Shayx o‘z vazirligining hududlardagi bo‘limlariga Iyd Al-Adha bayramiga hozirlik ko‘rishni buyurgan.

Koronavirus xavfining oldini olish maqsadida hayit namozi e’lon qilingan bir qancha masjidlardagina o‘qiladi xolos. Ushbu masjidlarda ehtiyot choralari ko‘rilishi nazoratga olinadi.

Islom ishlari vazirligining xabariga ko‘ra, hayit namoziga kelganlar orasida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun odamlarning ehtiyot choralariga amal qilishlari uchun bo‘lgan targ‘ibot ishlari kuchaytirildi. Jumladan, tibbiyot mutaxassislarining infeksiyadan himoyalanish bo‘yicha bergan maslahatlari nashrdan chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi Iyd Al-Adha bayrami avgust oyining dastblabki kunlariga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Kiritildi: 09:20 15.07.2020. O'qildi: 4117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik