O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Saudiya Arabistonining Dammam shahrida oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan hamyurtimiz vatanga qaytarildi.
O‘zbekiston diplomatik missiyasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Dammam shahrida uzoq yillardan buyon istiqomat qilib kelgan va xorijlik turmush o‘rtog‘ining g‘ayriinsoniy tazyiqi ostida qolgan vatandoshimiz R.G. O‘zbekistonga qaytarishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan.
O‘zbekiston elchixonasi va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida amalga oshirilgan ishlar natijasida uning mamlakatdan chiqishi uchun viza rasmiylashtirildi.
Shundan so‘ng, u "Dammam-Sharja-Toshkent" aviareysi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.