Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Saudiya Arabistonida havo hujumlariga qarshi raketalar tanqisligi kuzatilmoqda

Saudiya Arabistonida havo hujumlariga qarshi raketalar tanqisligi kuzatilmoqda

Saudiya Arabistonida Yamandagi «Ansorulloh» husiylar harakati bilan davom etayotgan qarama-qarshilik fonida dronlar va raketalarni urib tushirish uchun mo‘ljallangan tutib qoluvchi raketalar tanqisligi yuzaga kelmoqda. Bu haqda Associated Press Yaqin Sharq mamlakatlari vakillariga tayanib xabar berdi.

«Saudiya Arabistoni tutib qoluvchi raketalari tugab bormoqda va u husiylar bilan mojaro cho‘zilib ketayotgani fonida G‘arb ittifoqchilaridan yordam so‘radi,» - deyiladi xabarda.

AP ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni havo mudofaasini qo‘llab-quvvatlash masalasida bir qator mintaqaviy va G‘arb davlatlariga murojaat qilgan.

Kiritildi: 15:35 17.09.2026. O'qildi: 382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!