Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Saudiya Arabistoni Xitoyga neft yetkazib berishni ikki baravarga qisqartirmoqchi

Saudiya Arabistoni Xitoyga neft yetkazib berishni ikki baravarga qisqartirmoqchi

Eksportning qisqarishi rekord darajadagi yuqori narxlar va ta’minot zanjiridagi uzilishlar fonida yuz berdi.

Saudiya Arabistoni may oyida asosiy mijozi Xitoyga neft yetkazib berishni ikki baravarga qisqartiradi, chunki ta’minot oqimi uzilib qolgan va narxlar ko‘tarilgan.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni shu yilning may oyida xitoylik mijozlarga 20 million barrel neft yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Aprel oyida podshohlik 40 million barrel neft yetkazib bergan.

Ta’minotning qisqarishi Saudiya milliy neft kompaniyasining Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat tufayli Osiyo uchun narxlarni rekord darajaga ko‘targanidan keyin sodir bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!