Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Saudiya Arabistoni husiylariga qarshi yangi janglarga tayyorlanmoqda

Saudiya Arabistoni husiylariga qarshi yangi janglarga tayyorlanmoqda

Saudiya Arabistoni Yaman husiylariga qarshi yangi janglarga tayyorlanmoqda, hujum bir necha hafta ichida boshlanishi mumkin, deb xabar berdi Reuters.

Asosiy maqsad — Bob al-Mandab bo‘g‘ozini nazoratga olish va Qizil dengizda kemalar qatnovini tiklashdir.

Harbiy amaliyot uchun Saudiya havo kuchlari ko‘magida 100 mingdan ortiq Yaman harbiy xizmatchisi safarbar qilinishi mumkin. Ar-Riyod hujumi ikki reja asosida: sohil bo‘ylab cheklangan hujum yoki butun Yaman bo‘ylab bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishda keng ko‘lamli amaliyot ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

AQSh saudiyaliklarga razvedka ma’lumotlari va harbiy maslahatchilarni taqdim etadi, harbiy harakatlarda Pentagonning bevosita ishtiroki kutilmayapti.

Pokiston husiylarning raketa va dron hujumlaridan mamlakatni himoya qilishda yordam berish uchun Saudiya Arabistoniga 30 000–40 000 askarini joylashtirdi.

Bob al-Mandab bo‘g‘ozi nazorati husiylarlar qo‘lida ekan, tinchlik muzokaralarini qayta boshlab bo‘lmaydi, deb hisoblaydi Ar-Riyod.

Kiritildi: 17:32 03.10.2026. O'qildi: 492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!