Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Saudiya Arabistoni Haj–2026 mavsumida tibbiy guvohnoma talabini joriy etdi

Saudiya Arabistoni Haj–2026 mavsumida tibbiy guvohnoma talabini joriy etdi

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi “Haj–2026” mavsumida har bir ziyoratchiga haj vizasi faqat “Nusuk” platformasidan olingan tibbiy sog‘lomlik to‘g‘risidagi guvohnoma mavjud bo‘lganda berilishini ma’lum qildi.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi haj safarini tashkil etuvchi barcha idora va tashkilotlarga ziyoratchilarni to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda haj ibodatini ado etishga jismoniy layoqati yo‘q shaxslarni aniqlash majburiyatini yuklatdi. Ushbu tartib hojilar sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

🏥 Tibbiy guvohnomasiz haj vizasi rasmiylashtirilmaydi. Har bir ziyoratchi safarga chiqishdan oldin belgilangan tibbiy ko‘riklardan o‘tishi va sog‘lomlik to‘g‘risidagi elektron guvohnomani “Nusuk” platformasi orqali olishi shart.

Bayonotda ta’kidlanishicha, quyidagi kasalliklarga chalingan ziyoratchilarga haj safarini amalga oshirishga ruxsat berilmaydi:

📌Dializ talab qiladigan buyrak yetishmovchiligi;
📌Minimal jismoniy yuklamada ham namoyon bo‘luvchi yurak yetishmovchiligi;
📌Davriy yoki doimiy ravishda kisloroddan foydalanishni talab qiluvchi o‘pkaning surunkali kasalliklari;
📌Jigar yetishmovchiligi belgilari bilan kechuvchi jigar sirrozining og‘ir bosqichi;
📌Og‘ir ruhiy va nevrologik buzilishlar;
📌Qarilik demensiyasi kasalliklari;
📌Homiladorlikning oxirgi uch oyi, shuningdek, yuqori xavfga ega bo‘lgan har qanday homiladorlik;
📌Faol yuqumli kasalliklar (shu jumladan, silning ochiq shakli, gemorragik isitmalar va hokazo);
📌Kimyoterapiya yoki boshqa immunitetni susaytiruvchi muolajalar davomida kechayotgan faol onkologik kasalliklar.

❗️Vazirlikning ta’kidlashicha, tibbiy ma’lumotlarni soxtalashtirish yoki mazkur talablarga rioya qilmaslik holatlarida qat’iy choralar ko‘riladi. (https://t.me/DinQumita/7445)

Kiritildi: 13:52 17.10.2025. O'qildi: 681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!