Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Saudiya Arabistoni Yevropa davlatlaridan husiylarga qarshi kurashda harbiy yordam so‘ramoqda

Saudiya Arabistoni Yevropa davlatlaridan husiylarga qarshi kurashda harbiy yordam so‘ramoqda

Saudiya Arabistoni Yamandagi husiylarga qarshi yangi harbiy amaliyot o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Er-Riyod bu jarayonda Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa davlatlaridan harbiy yordam kutayotgani aytilmoqda.

Saudiya razvedkasi rahbari Turkiy bin Faysal Ol Saudning Spiegel nashriga aytishicha, Yevropa davlatlari mintaqa xavfsizligini ta’minlashda ko‘proq ishtirok etishi kerak. Uning ta’kidlashicha, Yevropa Yaqin Sharqdagi barqarorlikdan iqtisodiy manfaat ko‘radi, jumladan, Qizil dengiz va Bob-ul-Mandab bo‘g‘ozi orqali savdo yo‘llaridan foydalanadi.

Turkiy bin Faysalning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya bir necha oy avval Arabiston yarimoroli va Bob-ul-Mandab bo‘g‘ozida xavfsizlik hamda kuzatuv tizimini yaratishni taklif qilgan. Biroq Yevropa davlatlaridan hech biri ushbu tashabbusga qo‘shilmagan.

U Fransiya husiylarga qarshi kurashda ishtirok etayotganini, Buyuk Britaniya esa havoda yoqilg‘i quyish orqali qo‘llab-quvvatlayotganini ma’lum qildi. Misr va boshqa davlatlar ham bu sa’y-harakatlarga qo‘shilishi mumkinligi aytildi.

Shuningdek, Pokiston va Turkiya Saudiyaga ta’minot, o‘q-dori hamda razvedka ma’lumotlari bilan yordam berayotgani ta’kidlangan.

Kelasi oyda Er-Riyodda Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Saudiya tomoni ushbu uchrashuvda savdo kelishuvini imzolash va keyinchalik xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirishni taklif qilmoqda.

Kiritildi: 20:25 03.10.2026. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!