Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Bu haqda prezident Donald Tramp 18 noyabr kuni AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasida qurol-yarog‘ yetkazib berishni yengillashtiruvchi va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yuqori darajaga ko‘taruvchi xavfsizlik kelishuvi imzolanishi vaqtida e’lon qildi.
Bu maqom ikki davlat o‘rtasida mudofaa hamkorligini chuqurlashtiradi, ammo xavfsizlik bo‘yicha majburiy kafolat bermaydi. Saudiya Arabistoni shunday maqomga ega 19 mamlakat, jumladan Isroil, Iordaniya, Kuvayt va Qatar qatoriga qo‘shildi.
Bundan tashqari, AQSH–Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi bitimida Ar-Riyodga F-35 qiruvchi samolyotlari va 300 ta Abrams tankini sotish ko‘zda tutilgan.