Bu haqda mamlakatning Buyuk Britaniyadagi elchisi, shahzoda Xalid bin Bandar Al-Saud ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, hukumat bu borada qonunlarni o‘zgartirish niyatida emas va hech qanday istisno qilinmaydi.
Shahzodaning so‘zlariga ko‘ra, muxlislar mahalliy madaniyatga hurmat bilan yondoshishi kerak va chempionat davomida, hatto mehmonxonalarda ham alkogol sotilmaydi.
"Biz alkogol iste’mol qilishga ruxsat bermaymiz. Spirtli ichimlik ichmasdan ham ajoyib vaqt o‘tkazish mumkin." — dedi u.