Arman Sarukyan yengil vazndagi unvonidan voz kechib, yarim o‘rta vaznga ko‘tarilgan va ikkinchi chempionlikka erishmoqchi bo‘layotgan Islam Maxachevni qo‘llab-quvvatladi.
"Islam ikki vazn toifasida ham chempion bo‘lishga loyiq. Men u uchun xursandman va u ikki karra chempion bo‘ladi, deb umid qilaman. Men esa yengil vaznda unvonni qo‘lga kiritaman. Shunda biz o‘zaro jang qilsak bo‘ladi", - dedi Sarukyan.