Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

UFC yengil vazn toifasining (70 kg) ikkinchi raqamli jangchisi, rossiyalik Arman Sarukyan amaldagi chempion — ispan-gruzin aralash jang san’ati ustasi Iliya Topuriyaga qarshi jang uchun yarim million dollar pul tikishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Sportchi bu haqda Overdogs Podcast with Mike Perry podkastida aytib o‘tdi.

Men uning mag‘lubiyatiga 500 ming dollar tikishga tayyorman. Agar yutsam — u menga, agar u yutsa — men unga shu pulni beraman. Iliya bunga rozi bo‘lsa, men ham jangga tayyorman, — deydi Sarukyan.

28 yoshli jangchi UFC’da 2019 yildan beri ishtirok etib kelmoqda. Arman bu vaqt mobaynida promoushen doirasida 11 jang o‘tkazib, 9 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Topuriya esa ushbu vazn toifasida chempion hisoblanadi. U joriy yilning 29 iyun kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan UFC 317 musobaqasida braziliyalik Charlz Oliveyrani nokautga uchratib, UFC yengil vazn toifasining yangi chempioniga aylandi. Sarukyan esa ushbu kamar uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 11:11 27.07.2025. O'qildi: 932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!