Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Surxondaryoda poyezd "Jentra"ni urib ketdi. Erkakning onasi, xotini va uch farzandi halok bo‘ldi

A A A
Surxondaryoda poyezd "Jentra"ni urib ketdi. Erkakning onasi, xotini va uch farzandi halok bo‘ldi

Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda bir oilaning 4 nafar a’zosi vafot etdi. Bu haqda "darakchi.uz" xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 31 yanvar kuni soat 20:29larda “Sho‘rchi-Elbayon” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida joylashgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida, Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan N. B. boshqaruvida bo‘lgan, oq rangli, “Jentra” avtomashinasidan o‘tayotgan vaqtida o‘zining extiyotsizligi oqibatida “Sariosiyo-Toshkent” yo‘lovchi poyezdi urib yuborgan.

Natijada ushbu avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan B.M.Nazarovning oila a’zolari— onasi, turmush o‘rotog‘i, 2 nafar qizi va o‘g‘li voqea joyida vafot etgan. Haydovchining o‘zi va yana bir o‘g‘li esa turli tan jarohatlari olib, Sho‘rchi markaziy shifoxonasida yotqizilgan.

Kiritildi: 09:10 01.02.2024. O'qildi: 2482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!