Ko‘pchilikka ma’lumki, bundan minglab yillar oldin ham odamlar turli jiddiy xastaliklarni bartaraf etishda sarimsoq piyozdan unumli foydalanishgan. Bu narsa o‘ta beg‘ubor va beziyon mahsulot sifatida qadrlangan. Bugungi kunimizda ham Nottingem universiteti olimlari sarimsoq piyoz haqiqatan ko‘plab xastaliklarga kushanda ekanini o‘z tadqiqotlari yordamida isbotlashdi. Ma’lum bo‘ldiki, doimiy tarzda me’yoriy miqdorda sarimsoq piyoz iste’moli odamni yurak va saraton xastaligidan himoya qilarkan. Xastalanishga ulgurganlar esa kasallik asta-sekin ortga chekinishiga yana shu sarimsoq ko‘magida erishishlari mumkin ekan.
Sarimsoq ichketarga uchraganlar uchun ham juda foydali. U ichaklardagi ichketarni tobora avj oldiruvchi xavfli bakteriyalarga qiron keltiradi. Ammo sarimsoq piyozni qovurmasdan, maydalamasdan, qaynatmasdan butun holicha tishlab yeyish lozim. Aks holda organizm uchun foydali xususiyatlari yo‘qoladi.
Bu mahsulot arterial qon bosimini ham tushirish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, sarimsoq saraton shishlari paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi. Qondagi qand miqdorini ham me’yorida ushlab turadi.
newsyou.info