Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Sardobadagi 28 ta uy egalarining taqdiri nima bo‘ladi? (FOTO)

Sardobadagi 28 ta uy egalarining taqdiri nima bo‘ladi? (FOTO)

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Sardoba falokati ortidan uysiz qolganlar quruq va’dalardan toqati toq bo‘lganini aytmoqda” sarlavhali xabar yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati o‘rganish olib bordi.

Keng muhokamalarga sabab bo‘lgan ushbu xabar Sardoba tumani Do‘stlik mahallasidagi suv toshqinidan talofat ko‘rgan 28 ta xonadon egalari tomonidan yo‘llangan.

Sardobadagi 28 ta uy egalarining taqdiri nima bo‘ladi? (FOTO)

Foto: Sardoba tuman hokimligi

Ta’kidlash joizki, Sardoba toshqini talofatlarini bartaraf etishda Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida, respublika hamda viloyat miqyosidagi rahbarlar tomonidan o‘z vaqtida va tezkor choralar ko‘rilganligi natijasida ushbu hududlar bugungi kunda keng quririlish maydoniga aylandi.

Sardobadagi 28 ta uy egalarining taqdiri nima bo‘ladi? (FOTO)

Foto: Sardoba tuman hokimligi

Hususan, Respublika maxsus Ishchi guruhi xulosasi bilan Do‘stlik mahallasidagi 61 ta beton panelli uylar qayta ta’mirlanmoqda, ta’mirlash ishlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’sul etib biriktirilgan.

Joriy yilning 21 may kunidagi “Qishloq qurilish loyiha” MCHJning Sirdaryo viloyati Sardoba tumani Do‘stlik MFY dagi uy-joylarning holati to‘g‘risida taqdim etgan texnik xulosasiga ko‘ra:

Sardobadagi 28 ta uy egalarining taqdiri nima bo‘ladi? (FOTO)

Foto: Sardoba tuman hokimligi

Ushbu mahalladagi 90 ta turar joydan 28 tasi (№62 dan - №90 gacha bo‘lgan uy-joylar) o‘tgan asrning 70-yillarida qad rostlagan bo‘lib, massivning yer osti suvlari sathining yer yuzasiga yaqin bo‘lgan past joyda qurilgan.

Sardobadagi 28 ta uy egalarining taqdiri nima bo‘ladi? (FOTO)

Foto: Sardoba tuman hokimligi

Suv toshqinidan keyin ushbu 28 ta turar joylarning yuk ko‘tarish konstruksiyalari suv ostida qolib, suvni shimib olishi natijasida ikkita uy qulab tushgan. Qolgan turar joylarning konstruksiyalarida yoriqlar va o‘yilishlar, armatura simlarining ochilishi, zanglash va sinish holatlari paydo bo‘lgan. Yig‘ma devor temir beton panellarining ayrim qismlari buzilgan, cho‘kkan, deformasiya alomatlari bor, plita devorlari vertikaldan og‘ishganligi aniqlangan.

Sardobadagi 28 ta uy egalarining taqdiri nima bo‘ladi? (FOTO)

Foto: Sardoba tuman hokimligi

Ushbu xonadon egalariga tomorqalari o‘zlarida qoldirilishi bilan birga, 400 metr uzoqlikda barcha qulayliklarga ega zamonaviy loyihalar asosida qurilayotgan 1480 ta xonadonga mo‘ljallangan, 37 ta ko‘p qavatli uy-joylardan 3 xonali xonadonlar joriy yilning 1-sentyabr kuniga tugallanib va ajratiladi.

Sardobadagi 28 ta uy egalarining taqdiri nima bo‘ladi? (FOTO)

Foto: Sardoba tuman hokimligi

Hozirda mazkur 37 ta ko‘p qavatli uylarning qurilishi ishlari jadal suratlarda ketmoqda.

Sardobadagi 28 ta uy egalarining taqdiri nima bo‘ladi? (FOTO)

Foto: Sardoba tuman hokimligi

Shu munosabat bilan bugun, 24 iyun kuni murojaat yo‘llagan fuqarolar hamda viloyat, tuman va ma’sul mutasaddilari ishtirokidagi Do‘stlik MFY hududida joylashgan qurilish shtabida  brifing bo‘lib o‘tdi.

Sardobadagi 28 ta uy egalarining taqdiri nima bo‘ladi? (FOTO)

Foto: Sardoba tuman hokimligi

Bo‘lib o‘tgan brifing davomida ushbu xonadon egalarining talablari eshitildi. Mutaxassislar tomonidan 28 ta turar joy binolarining bugungi kundagi texnik holati bo‘yicha, mutlaqo ta’mirlab bo‘lmasligi, butunlay yaroqsiz ahvolga kelib qolganligi, seysmik jihatdan havf­li ekanligi aniq misollar bilan tushuntirib o‘tildi.

Sardobadagi 28 ta uy egalarining taqdiri nima bo‘ladi? (FOTO)

Foto: Sardoba tuman hokimligi

Brifing yakuni bo‘yicha ijobiy xulosa olgan fuqarolarning ham fikr-mulohazalari tinglandi.

“Men 20 yildan buyon shu mahallada istiqomat qilaman. Mahallamizda ichimlik suvi, tabiiy gaz ta’minotida muammolar yillar davomida to‘planib qolgan edi, ichki yo‘llar ta’miri haqida gapirmasa ham bo‘ladi”-deydi Soflik ko‘chasida yashovchi Oygul Ashurboyeva. Bir yomonning bir yaxshisi bor deganlaridek mahallamizda haqiqatdan ham juda katta ishlar amalga oshirilayotganligini tan olishimiz kerak. O‘zim hovli uyda yashaganim uchunmi, dastlab ko‘p qavatli uylarda yashashimni tasavvur qilolmadim. Mana barcha qulayliklarga ega, zamonaviy qurilayotgan uy joylar loyihasi bilan tanishib ko‘p qavatli uylarda yashashga qaror qildim. Gazi bo‘lsa, issiq va sovuq suv shunday uyingizdan chiqib tursa eng muhimi kanalizasiya tarmog‘iga ulanar ekan, yana nima kerak? Tomorqamga Prezidentimiz bergan 40 mln so‘m puldan issiqxona qurarman yoki go‘zallik salonimi, balki tikuvchilik sexi ocharman ochig‘i hali bir to‘xtamga kelmadim, nega avvalroq bu imkoniyatlardan foydalanishni o‘ylamagan ekanman.

Yig‘ilishda ishtirok etganlar orasida Oygul Ashurboyeva singari fikrga kelganlar soni ko‘p bo‘ldi, umid qilamizki qolganlar ham mazkur holat bo‘yicha o‘zlariga to‘g‘ri xulosa chiqarib olishadi.

Tahlilarga ko‘ra, mazkur uy-joylarning qayta ta’miri uchun o‘rtacha hisobda 2 mlrd 175 mln so‘mni (1 ta uy uchun 70-80 mln so‘m to‘g‘ri keladi) tashkil etadigan bo‘lsa, xonadon egalariga berilishi nazarda tutilayotgan 1 ta uyning narxi o‘rta hisobda 450 mln so‘mni, 28 ta xonadonniki esa 12,6 mlrd so‘m ni tashkil etadi. Bu o‘z navbatida 6 barobar ko‘p sarf-harajat degani.

Bundan ko‘rinib turibdiki mamlakatimizda inson qadri, hayoti va uning salomatligi qanchalik muhim ekanligini anglashimiz mumkin.

Sardoba tuman hokimligi Axborot xizmati

Kiritildi: 14:36 26.06.2020. O'qildi: 3699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!