Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Sardobada qurilgan yangi uylarga qancha pul sarflangani ma’lum bo‘ldi

A A A
Sardobada qurilgan yangi uylarga qancha pul sarflangani ma’lum bo‘ldi

Sardoba toshqinidan jabr ko‘rgan aholi uchun qurilgan uylarning narxi 855,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu haqda AOKAda Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari O‘lmasjon Mamadaminov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi:

«4 790 nafar xonadon egalariga 186,6 mlrd. so‘m moddiy yordam mablag‘lari plastik kartalarga tushirildi. Shundan, 4 541 ta fuqaroga 181,6 mlrd.so‘m (40 mln. so‘mdan) va 249 ta fuqaroga 5,0 mlrd.so‘m (20,0 mln so‘mdan).

Toshqin oqibatida uy-joylariga jiddiy zarar yetgan fuqarolar uchun jami 52,5 ga yer maydonlari tanlanib, 2 640 ta xonadonli 86 ta ko‘p qavatli turar joy qurildi. Mazkur ko‘p qavatli uylarning narxi shartnoma bo‘yicha 855,4 mlrd. so‘m.

2 577 ta xonadon respublika, viloyat va tumanlar ishchi guruhlari hamda jamoatchilik vakillari tomonidan adolatli o‘rganilib, qur’a tashlash yo‘li bilan egalariga topshirildi».
 

Kiritildi: 15:50 28.01.2021. O'qildi: 2879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!