Uyning yuqori qavatlarida sodir bo‘lgan portlash pod’ezdning bir qismi qulashiga sabab bo‘ldi. Qo‘shni uydagi balkonlar ham zarar ko‘rgan.
RF Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, uch kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan. Kamida 11 kishi qutqarib olingan. Vayronalar ostida yana qurbonlar bo‘lishi mumkin.