Jigar saratonida standart terapiyaga vaksinani qo‘shish kasallikning rivojlanishini sezilarli darajada sekinlashtirishi mumkin.
Birmingem universiteti va Buyuk Britaniyaning bir qator klinikalari olimlari mazkur yo‘nalishdagi o‘z tadqiqotlari natijalarini Clinical Cancer Research jurnalida e’lon qilishdi.
Vaksina immunitet tizimining asosiy regulyatorlari bo‘lgan dendritik hujayralardan ishlab chiqilgan. Ular bemorlarning oq qon hujayralaridan ajratiladi, o‘sma oqsillarini tanib olish uchun laboratoriyada “o‘rgatiladi” va organizmga qaytariladi. Ushbu yondashuv saratonga hujum qiladigan immun hujayralarini faollashtiradi.
Sinovda gepatosellyulyar karsinoma bilan kasallangan 48 bemor ishtirok etdi. Dendritik vaksina bilan birgalikda standart davolanganlarda o‘sma o‘rtacha 18 oy davomida rivojlanmadi. Nazorat guruhida bu ko‘rsatkich atigi 10 oy davom etdi. Bu vaksinaning jigar saratoniga qarshi samaradorligini ko‘rsatadigan birinchi nazorat ostida klinik sinov bo‘ldi.
Usul kattaroq sinovlarda qo‘shimcha tekshiruvlarni talab qiladi, ammo natijalar saratonning eng xavfli turlaridan biriga qarshi kurashishning yangi, qulay va samarali usulini ishlab chiqilishiga umid uyg‘otmoqda, deb xabar berdi lenta.ru.