Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Saratonni davolashda katta yutuqga erishildi

Saratonni davolashda katta yutuqga erishildi

Saratonni davolashda katta yutuqga erishildi, “Amivantamab” preparati o‘simtani butunlay yo‘q qilmoqda – The Guardian.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, antitanalar asosida yaratilgan “Amivantamab” eksperimental preparati standart davolash usullari mos kelmaydigan saratonning og‘ir shakllariga chalingan bemorlarda o‘smalarni butunlay yo‘q qilish qobiliyatini namoyish etmoqda.

11 ta davlatda o‘tkazilgan xalqaro tadqiqotda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ushbu preparat bilan davolandi. Ulardan 43 nafarida terapiya boshlanganidan atigi bir necha hafta o‘tib, o‘smalar sezilarli darajada kichraygan yoki butunlay yo‘qolib ketgan. O‘pka saratoni bilan og‘rigan bemorlarda ham shunga o‘xshash natijalar qayd etildi.

"Bu ham kimyoterapiyaga, ham immunoterapiyaga chidamli bo‘lib qolgan saratonga ega bemorlar uchun misli ko‘rilmagan darajadagi kuchli yangilik. Ushbu bemorlar guruhi uchun davolash imkoniyatlari o‘ta cheklangan, shu bois bunday yaqqol samarani ko‘rish juda e’tiborga molik", — dedi London Onkologik tadqiqotlar instituti professori Kevin Xarrington.

Ta’kidlanishicha, “Amivantamab”ning o‘ziga xosligi shundaki, u odam papilloma virusi (OPV) bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘smalarga yo‘naltirilgan. Saratonning bunday shakllari odatda davolash uchun murakkabroq hisoblanadi.

Preparat AQSh va Yevropa Ittifoqida 2021 yildan buyon foydalanish uchun tasdiqlangan, biroq tadqiqotchilar uning boshqa turdagi onkologik kasalliklarni davolashdagi imkoniyatlarini o‘rganishda davom etmoqda, deyiladi nashr xabarida.

Kiritildi: Bugun 09:02. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!