Oshqozon osti bezi va yo‘g‘on ichak saratoniga qarshi ELI-002 2P deb nomlangan vaksina klinik sinovlarda dalda beruvchi natijalarni ko‘rsatib, bunday tashxis qo‘yilgan bemorlarga umid baxsh etadi. AQShning bir qancha tadqiqot markazlari olimlari tomonidan ishlab chiqilgan vaksina me’da osti bezi saratonining 93 foizida va yo‘g‘on ichak saratonining 50 foizida uchraydigan gendagi mutasiyalarga mo‘ljallangan.
Preparat faol komponentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri limfa tugunlariga yetkazib berish tizimidan foydalanadi, bu esa immun tizimining turli xil immunitet hujayralari to‘plangan joylariga aniq ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi.
Sinovda o‘smalarini olib tashlash uchun operasiya qilingan, ammo keyingi testlarda potensial relaps belgilarini ko‘rsatgan 20 ta oshqozon osti bezi saratoni va 5 ta yo‘g‘on ichak saratoni bilan og‘rigan bemorlar ishtirok etdi.
In’eksiyalardan so‘ng ishtirokchilarning 84 foizi mutasiyaga uchragan genga xos T hujayralarini ishlab chiqdi. Bemorlarning 24 foizida o‘simta izlari butunlay yo‘qoldi.