Bugun 3 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

«Santos» Neymar qaytganini e’lon qildi: «Shahzoda qaytdi»

«Santos» Neymar qaytganini e’lon qildi: «Shahzoda qaytdi»

«Santos» Neymar jamoaga qaytganini rasman ma’lum qildi.

«Tvitter»da e’lon qilingan videorolikda braziliyalik 32 yoshli hujumchi jamoaga qaytganidan mamnunligini va jamoa afsonasi Pele merosini hurmat qilib, uning izidan borish orzusi haqida ham gapirdi.

Klub transfer shartlari haqida ma’lum qilmagan. «Santos» Neymarning «Men ketyapman, ammo qaytaman» so‘zlarini eslab, «ShahzodaQaytdi» heshtegidan foydalangan.

Ma’lumot uchun, Neymar – «Santos» tabriyalanuvchisi bo‘lib, 2009-2013 yillarda jamoa sharafini himoya qilgan. U klub safida 225 o‘yinda 136ta gol va 64ta assist qayd etgan hamda 6ta sovringa ega chiqqan.

U «Santos»dan «Barselona»ga o‘tib, 2017 yilda 222 million yevro evaziga «PSJ» safiga qo‘shilgandi. 2023 yilda esa futbolchi 90 mln yevro evaziga «Al-Hilol»ga transfer qilingandi.

Kiritildi: 23:49 31.01.2025. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!