Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘ldimi?

Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘ldimi?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi ijtimoiy tarmoqlarda Sankt-Peterburg shahrida qiyinchiliklarga duch kelayotgan fuqarolar to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi va Migrasiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi mas’ul xodimlari migrasiya markazida yuzaga kelgan vaziyatni o‘rgangan.

Mazkur markazda «Rossiya Federasiyasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ayrim toifalarining huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida«gi prezident farmoni doirasida ishlash ruxsatnomasini (patent) rasmiylashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, markaz xodimlari to‘liq ish rejimida faoliyat olib bormoqda hamda hujjatlar rasmiylashtirish belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etilgan. Shu bilan birga chet el fuqarolari uchun migrasiya markazining ish vaqti haqida ma’lumot taqdim etilgan.

«Videopostdagi holatning kelib chiqishi fuqarolarning navbatda turishga rioya qilmasligi sababli sodir bo‘lgan. Shu bois xavfsizlikni ta’minlash maqsadida temir panjaralar o‘rnatilgan. Bundan tashqari fuqarolar tomonidan patent olish bo‘yicha belgilangan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan.

Shuningdek, videomurojaatda ishtirok etgan fuqarolar bilan bevosita suhbat o‘tkazilib, ularga hujjatlarni qonuniy rasmiylashtirish tartib-taomillari va migrasiya markazining ishlash mexanizmi haqida batafsil tushuntirish berildi», - deyiladi munosabatda.

Kiritildi: 23:35 13.07.2025. O'qildi: 966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!