Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Sami Yusufning Toshkentdagi konserti nega qoldirildi? «O‘zbekkonsert» rahbari javob berdi (+video)

A A A
Sami Yusufning Toshkentdagi konserti nega qoldirildi? «O‘zbekkonsert» rahbari javob berdi (+video)

“Humo Arena” muz saroyida 2019 yilning 8 dekabr kuni salovatchi xonanda Sami Yusufning yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.

Keyinroq xonandaning konsert dasturi noma’lum sabablarga ko‘ra qoldirilganligi haqida ma’lumotlar tarqaldi.

«O‘zbekkonsert» rahbari Odiljon Abduqahhorov «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida Sami Yusufning konserti qoldirilish sabablariga oydinlik kiritdi.

— Sami Yusuf bilan bog‘liq bo‘lgan masala bo‘yicha Sami Yusufning konsertini tashkil qilmoqchi bo‘lgan tashkilotchi va Sami Yusuf o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro kelishuv asosida hal qilingan.

Bu konsert “O‘zbekkonsert” tomonidan qoldirilmadi. Sami Yusuf va tashkilotchi tomonidan o‘zaro shartnomalarga kelishilgan holda konsert dasturi ma’lum bir muddatga qoldirildi.

Bu dastur qachon bo‘lib o‘tishi haqida hozircha konsert tashkilotchisi tomonidan ma’lum qilinmagan. Sami Yusufning konserti qoldirilishiga “O‘zbekkonsert”ning hech qanday aloqadorlik joyi yo‘q, deydi Odiljon Abduqahhorov.

Kiritildi: 19:20 30.01.2020. O'qildi: 2432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!