Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Samarqandlik o‘qituvchi 15 kishi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda

Samarqandlik o‘qituvchi 15 kishi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda

Joriy yilning 24 noyabr kuni Samarqand shahridagi maktablarning birida tarix fanidan dars beruvchi o‘qituvchini 15 kishi kaltaklagan. Oqibatda o‘qituvchi olgan tan jarohatlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda «Daryo» muxbiri xabar bermoqda.

Aytilishicha, o‘qituvchi shahardagi «Hayotobod» mahallasida istiqomat qilgan.

«Daryo» muxbirining qo‘shimcha qilishicha, o‘qituvchinining otasi tadbirkor bo‘lib, uning bir nechta savdo do‘konlari bo‘lgan. O‘qituvchi nima sababdan kaltaklangani hozircha noma’lum.
 

Kiritildi: 10:56 27.11.2019. O'qildi: 2361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!