Samarqand viloyati Nurobod tumanida “Neksiya-3” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 20 iyul kuni sodir bo‘lgan.
Shu kuni soat 6:00 larda Nurobod tumani Jarquduq mahallasi hududidan o‘tgan 4R-54 avtomobil yo‘lida Ingichka-Kattaqo‘rg‘on yo‘nalishida ketayotgan “Neksiya-3” haydovchisi uxlab qolgan.
Oqibatda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina yo‘lning o‘ng tomon chetiga chiqib ketib, bir necha marta ag‘darilgan. Oqibatda haydovchi va uning yonida bo‘lgan shaxs og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Nurobod tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.