Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Samarqanddagi restoran oldida qarg‘ani zanjirband qilib qo‘yishdi (FOTO)

A A A
Samarqanddagi restoran oldida qarg‘ani zanjirband qilib qo‘yishdi (FOTO)

Samarqanddagi restoran oldida qarg‘ani zanjirband qilib qo‘yishdi. Bu haqda "ekolog.uz" telegram kanali yozmoqda.

"Samarqand shahrida Labi g'or restorani yonida Registon maydonining ro‘parasida zanjirband qarg‘a kuni bilan o‘tganlarga termuladi. Qanot qoqib uchishga harakat qiladi, ammo afsuski oyog‘iga solingan kishan bunga izn bermaydi.

Samarqanddagi restoran oldida qarg‘ani zanjirband qilib qo‘yishdi (FOTO)

Agarda kafe yoki restoranga shu tarzda odam jalb qilish maqsad bo‘lsa, adashasizlar. Qushning qiynalgani va odamlarni qarg‘agani qoladi, xolos. Samarqand viloyat ekologiya boshqarmasi qarg‘ani ozod etishga yordam berar degan umiddamiz", deb yozadi kanal.

Kiritildi: 18:49 24.06.2021. O'qildi: 9189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!