Bugun 9 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi

Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning bir guruh faol va tashabbuskor xotin-qizlari nufuzli mukofot bilan taqdirlandi.

Ular orasida Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi iqtidorli shoira Latofat Amirova ham bor.

Yosh ijodkorning iste’dodi va ijodiy yutuqlari yuksak e’tirof etilib, Prezident topshirig‘iga asosan unga Samarqand shahrining Qorasuv massividan ikki xonali, barcha sharoitlarga ega, mebellar bilan jihozlangan uy topshirildi.

Uy kalitini topshirish marosimida viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etdi. Tadbir davomida hokim yosh shoira Latofat Amirovani erishgan yutuqlari bilan samimiy qutlab, unga oilaviy xotirjamlik, mustahkam baxt va kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Ta’kidlanishicha, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yurtimizda iqtidorli, faol va tashabbuskor qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalaridagi yutuqlarini rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kiritildi: 20:09 08.03.2026. O'qildi: 994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!