Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda yigit otasini 15 marta pichoq urib o‘ldirdi

A A A
Samarqandda yigit otasini 15 marta pichoq urib o‘ldirdi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida o‘z otasini o‘ldirgan yigit ushlandi.

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi fuqaro ruhiy sog‘lom bo‘lmagan, vaqti-vaqti bilan davolanib yurgan. Otasi esa unga ruhiy kasalligi sabab shifoxonada davolanishi kerakligini aytgan va shifokor olib kelgan. Shu sabab o‘rtada tortishuv yuzaga kelgan.

O‘g‘il “meni jinnixonaga yotqizmoqchisiz” deb, oshxona pichog‘i bilan otasiga tashlangan va unga 15 marta pichoq tiqib, o‘ldirgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytiladi.

Kiritildi: 19:40 15.05.2022. O'qildi: 6045 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!