"O‘zenergoinspeksiya" Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Samarqand shahrida joylashgan "D. B." MCHJning quvvati 34 kVt bo‘lgan elektr qurilmalari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulab, elektr enegiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 680 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.