Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda tadbirkorning 283,6 mln so‘mlik parfyumeriya buyumlarini o‘zlashtirgan ombor mudiri aniqlandi

Samarqandda tadbirkorning 283,6 mln so‘mlik parfyumeriya buyumlarini o‘zlashtirgan ombor mudiri aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonaning Samarqand filiali ombor mudiri D.S. o‘ziga ishonib topshirilgan va moddiy javobgarligida bo‘lgan umumiy bahosi 283,6 mln so‘mlik 123 turdagi parfyumeriya buyumlarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!