Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Samarqandda tadbirkorning 1,7 mlrd so‘mi talon-toroj qilindi

Samarqandda tadbirkorning 1,7 mlrd so‘mi talon-toroj qilindi

Samarqand shahrida tadbirkorning 1,7 mlrd so‘mlik mulkini talon-toroj qilgan shaxslar fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “T.G.” MCHJ Samarqand filiali haydovchi-ekspeditorlari F.S. va M.N. o‘zaro til biriktirib MCHJga tegishli kolbasa va pishloq mahsulotlarini naqd pul va plastik kartalari orqali sotib, hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan jami 1,7 mlrd so‘mni o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 01:53 05.03.2025. O'qildi: 1585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!