Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi

Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi

Samarqand viloyatining ikki tumanida tabiiy gaz va elektr energiyasidan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Departamentning Samarqand tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Hududgaz” Past Darg‘om filiali operatori J.P. fuqaro M.A.ning xonadonida tabiiy gaz ta’minotidan 3 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib, yangi gaz hisoblagich o‘rnatib berishi evaziga 4 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bulung‘ur tuman ETK elektromontyori SH.E. va boshqalar tadbirkorning tikuvchilik sexida elektr ta’minotidan 14 mln so‘m qarzdorligini kamaytirib berishi evaziga 3,8 mln so‘mni olib, qarzdorlik bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani nobud qilgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:50 22.12.2024. O'qildi: 318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!