Isroilning rejasi Eron va Hizbulloh bilan aloqalarini uzish uchun Suriyani uch blokga bo‘lishdan iborat edi.
Reja shimolda kurdlar va janubda druzlar bilan harbiy aloqalar o‘rnatish va Bashar Asadni Amirlik nazorati ostida qoldirish edi. Bu loyiha Turkiyaning ta’sirini cheklab, uni faqat Idlib va mamlakat shimoli-g‘arbiga qaratishi kerak edi.
Biroq inqilobchilarning hujumi Bashar Asad rejimining mudofaasini barbod bo‘lishiga olib keldi. Homs, Xama va Halabning tez qulashi Damashqqa yo‘l ochdi. Harbiy Operasiyalar Qo‘mondonligi shtab-kvartirasi askarlari Amirliklar va Iordaniyaning bunga yo‘l qo‘ymaslikka urinishlariga qaramay, qarshilikka duch kelishmadi va poytaxtga kirishdi.
Bu voqealar isroilning Suriyani bo‘lib olish rejasini amalga oshirishiga barham berdi. Bashar Asad rejimi tashqi o‘yinchilarning qo‘llab-quvvatlashiga qaramay, hokimiyatni saqlab qola olmadi.
Middle East Eye