G‘arb davlatlari Ukrainaga jangovar harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini “maxsus operasiya” (Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi – tahr.) boshlanishidan ancha oldin bergan, Rossiya esa avvalroq harakat qilishi kerak edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin muxbir Pavel Zarubinning “maxsus operasiya”ni qachon boshlash kerak bo‘lganligi haqidagi savoliga shu tariqa javob berdi.
Putin "maxsus operasiya"ni boshlash uchun qat’iyroq harakat qilish va vaqtni to‘g‘ri tanlash kerak edi, kutish emas, dedi, ammo aniq sana va muddatni aytish qiyin ekanligini ta’kidladi. "Jinoyat harakat yoki harakasizlik orqali sodir etilishi mumkin. Bizning harakasizligimiz Rossiya va uning xalqi manfaatlariga qarshi jinoyat bo‘lardi," deya ta’kidladi Putin.
"Har holda, biz oldinroq vaziyatni to‘g‘ri baholab, raqiblarimiz Minsk kelishuvlarini bajarish niyati yo‘qligini, ular shunchaki bizni chalg‘itayotganini tushunishimiz kerak edi," dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "biz... yanada qat’iyatli va o‘z vaqtida harakat qilishimiz, ularni [jangovar harakatlarini] boshlash uchun eng maqbul paytni tanlashimiz kerak edi, bundan keyin hech narsa qilolmaydigan vaziyatga tushib qolishni kutmasligimiz lozim edi."