Uchinchi jahon urushi allaqachon boshlangani bilan hech kimni qo‘rqitishga hojat yo‘q — Rossiya prezidenti.
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarni normallashtirish istagini hech qachon yo‘qotmagan.
"Rossiya munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga tayyor, ammo o‘z manfaatlariga ziyon keltirmaydi. G‘arb vaziyatni keskinlashtirmoqda, Rossiya Federasiyasi esa har qanday chaqiruvga doimo tegishli javob beradi", — deya qayd etdi Putin.