AQSh Immigrasiya va bojxona nazorati 2023 yil sentyabrdan 2024 yil sentyabrgacha O‘zbekistonga 572 kishini deportasiya qilgan. Bu haqda 2024 yil 19 dekabr kuni e’lon qilingan hisobotda keltirilgan.
Hisobotga ko‘ra, bu davr ichida 192 mamlakatga 271 484 kishi deportasiya qilingan bo‘lib, bu so‘nggi 10 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Deportasiya qilinganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p, ya’ni 142 580 kishi chiqarib yuborilgan.
O‘n yillikda maksimal ko‘rsatkich 2014 yilda qayd etilgan – 315 943 kishi. Donald Trampning AQShda birinchi muddatda prezidentlik qilgan paytida (2019 yilda) eng ko‘p deportasiya qilinganlar soni 267 258 nafarni tashkil qilgan.
Deportasiyalar sonining ko‘payishi parvozlar, jumladan, dam olish kunlari uchish va Gvatemala, Gonduras va Salvador kabi mamlakatlarga migrantlarni qaytarishning oson tartiblari ortib borayotgani bilan bog‘liq. Olti yil ichida birinchi marta Xitoyga parvoz amalga oshirildi, shuningdek, Albaniya, Misr, Gruziya, Hindiston, Ruminiya, Tojikiston, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarga deportasiyalar tashkil etildi.