22-dekabr, yakshanbaga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Ukraina hududlariga 103 ta hujumchi dron bilan hujum qildi, 97 ta dron urib tushirildi yoki “mahalliy darajada yo‘qolgan”. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari ma’lum qildi.
Harbiy havo kuchlari hisobotida aytilishicha, Kiyev vaqti bilan soat 10:00 holatiga ko‘ra, 52 ta dron urib tushirilgan va 44 tasi salbiy oqibatlarsiz “mahalliy yo‘qolgan”. Ukraina qurolli kuchlari xabariga ko‘ra, yana bir uchuvchisiz samolyot Belarus tomon uchgan.
Rossiya hujumi natijasida Xerson, Nikolayev, Chernigov, Sumi, Jitomir va Kiyev viloyatlarida xususiy korxonalar, ko‘p qavatli uylar va mulklarga zarar yetdi, deb yozadi Ukraina qurolli kuchlari. Hujum natijasida qurbonlar yo‘q.
Bundan tashqari, Qrimdan Xerson viloyati tomon “Iskander-M” ballistik raketasi uchirildi”, — deyiladi havo kuchlari xabarida. Ukraina harbiylari u urib tushirilganmi yoki zarba qanday oqibatlarga olib kelgani haqida ma’lumot bermadi.
Kiyev viloyati polisiyasining xabar berishicha, Rossiya hujumi natijasida dron qoldiqlari ko‘p qavatli turar-joylardan birining tomiga tushib, lift shaxtasida yong‘in kelib chiqqan. Qurbonlar yo‘q. Boshqa binoning oynalari ham, mashina ham shikastlangan.