Bugun 27 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandda qoshi qirqilgan yigit 6-sinf qiziga sevgi izhor qilgani uchun jazolangan

Samarqandda qoshi qirqilgan yigit 6-sinf qiziga sevgi izhor qilgani uchun jazolangan

Ijtimoiy tarmoqlarda «Maktab bolasi samosud qilindi» sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 16 may kuni Pastdarg‘om tumani IIB ga 2009 yilda tug‘ilgan B.S. (o‘g‘il bola) tan jarohati olganligi to‘g‘risida uning onasi J.I. dan ariza kelib tushgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, voyaga yetmagan B.S. 20-maktabning 9-sinfida ta’lim olishi, u shu maktabning 6-sinf o‘quvchisi Q.A. (qiz) ga sevishini aytganligi, so‘ng Q.A. ning akasi, A.Q. holatdan xabar topib, 15 may kuni B.S. ni o‘z uyining ichki tomoniga olib kirib, unga tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, A.Q. go‘yoki uning ta’zirini berish maqsadida B.S. ning sochi va qoshini qaychi bilan qirqib, uyidan chiqarib yuborgan.

Mazkur voqea yuzasidan 19 may kuni Pastdarg‘om tumani IIB TB tomonidan JKning 105-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan❗️

Tergov davomida voyaga yetmagan B.S. ga nisbatan sodir etilgan boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarga huquqiy baho berilmoqda.

Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.

Kiritildi: 12:35 20.05.2024. O'qildi: 3378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!