18 dekabr kun soat 07:30 larda Samarqand shahar, Damariq mahallasi hududidan o‘tuvchi Narpay yo‘li ko‘chasida avtobus haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Natijada piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.