Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda “Paynet” niqobi ostida qimor yo‘lga qo‘ygan shaxslar ushlandi

Samarqandda “Paynet” niqobi ostida qimor yo‘lga qo‘ygan shaxslar ushlandi

IIV ma’lumotiga ko‘ra, 2 nafar shaxs o‘yin ishtirokchilariga pul o‘tkazish xizmatini ko‘rsatib kelgan.

Gumonlanuvchilardan birining bank kartasi orqali joriy yil fevralidan buyon qariyb 20 mlrd so‘m aylanma amalga oshirilgani aniqlangan.

Ikkinchi gumonlanuvchi mijoz kartasiga 300 ming so‘m o‘tkazayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:55 23.07.2026. O'qildi: 617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!