So‘nggi yillarda respublikamiz aholisining muborak “Haj” va “Umra” amallarini ado etish maqsadida Saudiya Arabistoniga borishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgani bois, ziyoratchilar soni tobora ortmoqda.
Biroq, ayrim shaxslar bu imkoniyatlardan fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilish orqali ularning pul mablag‘larini o‘zlashtirish maqsadida foydalanishmoqda.
Jumladan, Samarqand tumanida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi ishchisi Samarqand shahrida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, uning 4 nafar qarindoshini Saudiya Arabistoniga “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX va viloyat IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, mazkur MCHJ “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli lisenziyaga ega bo‘lmagan.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.