Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Samarqandda MIB orqali boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga 10 mlrd so‘m undirildi

Samarqandda MIB orqali boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga 10 mlrd so‘m undirildi

Bu bo‘yicha 11 459 ta ijro hujjatining ijrosi ta’minlangan.

Samarqandda MIB orqali boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga 10 mlrd so‘m undirildi

Boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga undiruv bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan tizimli ijro tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, jami 13 463 ta ijro hujjati bo‘yicha 12,4 mlrd so‘m miqdoridagi qarzdorliklarni undirish maqsadida belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

Olib borilgan ijro tadbirlari natijasida 11 459 ta ijro hujjati bo‘yicha 10,2 mlrd so‘mlik talablarning ijrosi ta’minlandi.

Shuningdek, mazkur ijro hujjatlaridan 9 349 tasi bo‘yicha 6,7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar amalda undirilib, boshqaruv servis kompaniyalari hisob raqamlariga o‘tkazildi.

Ayni vaqtda qolgan ijro hujjatlari bo‘yicha ham qonunchilikda belgilangan tartibda ijro tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 18:54 21.01.2026. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!