Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Samarqandda marmar toshlar orasiga yashirilgan narkotik moddalar fosh qilindi

Samarqandda marmar toshlar orasiga yashirilgan narkotik moddalar fosh qilindi

📇Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida 1992 y.t., xorijiy davlat fuqarosi hamda Samarqand viloyatida yashovchi, 1981 va 1995 yillarda tug‘ilgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, chet ellik fuqaro qurilishda foydalaniladigan marmar toshlar orasiga giyohvandlik vositalarini yashirgan holda mamlakatimizga olib kelgan, mahalliy fuqarolar esa ushbu ajal og‘usini sotish bilan shug‘ullanishgan.

Tezkor tadbir davomida jami 37 kg 421 g “ekstraksion opiy” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 07:01 16.12.2025. O'qildi: 1143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!