Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Samarqandda Markaziy harbiy okrugning hisobot yig‘ilishida nimalar muhokama qilindi?

Samarqandda Markaziy harbiy okrugning hisobot yig‘ilishida nimalar muhokama qilindi?

Markaziy harbiy okrugdagi Situasion markazida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov rahbarligida Prezidentning 2018 yil 4 avgust kunidagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-3898-sonli Qarori ijrosi yuzasidan yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tahliliy va tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda shahar, viloyati va tuman hokimlari o‘rinbosarlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Dastlab yig‘ilishda harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Ulug‘bek Do‘stmatov «Vatan — muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!» konseptual g‘oya asosida olib borilayotgan amaliy ishlar, Qarorning mazmun-mohiyati, maqsadi va ortda qolgan bir yil davomida erishilgan ijobiy natijalar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishda harbiy qismlarda tashkil etilayotgan tadbirlar, ko‘rik-tanlov, musobaqalar, davra suhbatlari, ko‘rgazmali mashg‘ulotlar yuqori samara berayotgani ta’kidlandi. Harbiy qismlardagi psixologlarning o‘rni va roli haqida to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga e’tibor qaratildi. 

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar harbiy qismdagi harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan  shart-sharoitlar, elektron va badiiy kutubxona, panaramali majmuaviy otish trenajyori hamda askarlar oshxonasi bilan yaqindan tanishishdi.

Kiritildi: 10:56 22.08.2019. O'qildi: 1351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!