Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Samarqandda ko‘p qavatli turar-joy binosi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Samarqandda ko‘p qavatli turar-joy binosi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Payariq tumanida "S.O.S.S" xususiy korxonasiga qarashli ko‘p qavatli turar-joy binosi hisoblagichsiz, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 4 milliard 741 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:45. O'qildi: 305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!