«Kusherbayevga murojaat» telegram kanalida e’lon qilingan "Aptis for teachers" imtihonidan xalqaro C1 sertifikatga ega bo‘lsada, 50 foizlik ustama to‘lab berilmayotganligi haqidagi Samarqand viloyati, Ishtixon tumanidagi 90-umumta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi U.T. murojaati yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
O‘rganishlar jarayonida, o‘qituvchining sertifikati haqqoniy yoki qalbakiligini aniqlash uchun tegishli tashkilotlarning saytilaridan qidirilganida, U.T.ga berilgan sertifikat raqami ro‘yxatdan o‘tmaganligi aniqlandi. Ayni paytda sertifikat haqqoniy yoki qalbaki ekanligi o‘rganilmoqda.
Shu sababli murojaatchiga ustama to‘lab berilmayotganligini ma’lum qilamiz.