Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Samarqandda ilk bor Xalqaro paraplan festivali o‘tkaziladi

Samarqandda ilk bor Xalqaro paraplan festivali o‘tkaziladi

Shu yilning 10-11 may kunlari Samarqand viloyatining Urgut tumanida “Xalqaro Paraplan Festivali“ bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, ushbu festival yurtimizda ekstremal turizm turlarini ommalashtirish hamda xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Andak“ MFYda o‘tkazilishi rejalashtirilgan festivalda 10 ga yaqin davlatlardan kelgan 70 ga yaqin ishtirokchilar qatnashadi.

Shuningdek, festival dasturidan paraplan shoulari va musobaqalari, gastronomik ko‘rgazmalar, konsertlar, milliy o‘yinlar va qiziqarli musobaqalar o‘rin olgan.

Kiritildi: 05:04 06.05.2025. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!